«Suvsoz» 2018 yilgi yer usti va yer osti suv hajmlarining nisbatini e'lon qildi
Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq, suvdan foydalanishni yoki suv iste'molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan iste'mol qilingan suv hajmi (kub metrda) uchun undiriladigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisob-kitob qilishda mazkur nisbat qo‘llaniladi, deb yozmoqda Norma.uz.
Gap shundaki, yer usti va yer osti suvlari uchun soliq stavkalari alohida-alohida belgilanadi. Bunda suv yetkazib beruvchilar vodoprovod tarmoqlari orqali iste'molchilarga yetkazishda ikkala manbadagi stavkani birlashtiradilar. Shu sababli soliqning yakuniy summasi «Suvsoz» DUK tomonidan belgilangan nisbat asosida har bir manbadan olingan suv hajmini aniqlash yo‘li bilan aniqlanadi.
2018 yilda u yer usti suvlarining 86,7%i va yer osti suvlarining 13,3%ini tashkil etdi.
Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun mazkur turdagi soliqni to‘lovchilar 25 yanvargacha suvdan foydalanish yoki suv iste'moli joyidagi DSIga joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishlari shart.
Joriy yil uchun mo‘ljallanayotgan foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib va «Suvsoz» DUKning yer usti va yer osti suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma'lumotlari yordamida soliqning yillik summasi aniqlanadi.
Masalan, korxonada 2018 yilgi mo‘ljallanayotgan foydalaniladigan suv hajmi 10 000 kub metrni tashkil etadi. Soliqning standart stavkasi yer usti manbalaridan 1 kub metr uchun 98,2 so‘mni va yer osti manbalaridan – 124,8 so‘mni tashkil etadi. 86,7%ga 13,7% nisbati olinadi va soliq hisoblab chiqariladi:
• yer usti resurslaridan olingan hajm bo‘yicha – 10 000 kub m. x 86,7% x 98,2 so‘m = 851 394 so‘m;
• yer osti manbalaridan olingan hajm bo‘yicha – 10 000 kub m. x 13,3% x 124,8 so‘m = 165 984 so‘m.
Joriy yil uchun soliqning yillik summasi 1 017 378 so‘mni tashkil etadi.
Joriy to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi:
• soliq summasi EKIHning 200 baravaridan ko‘pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyning 25-kunidan kechiktirmay soliq yillik summasining 1/12 qismi miqdorida;
• soliq summasi EKIHning 200 baravaridan kamni tashkil etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay soliq yillik summasining 1/4 qismi miqdorida.
Yil yakunlariga ko‘ra soliqning yakuniy summasi xuddi shu tartibda, biroq suv o‘lchagich asboblarining (hisoblagich) ko‘rsatkichlariga binoan haqiqatda iste'mol qilingan suv hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
Mavzuga oid
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024