Sport | 14:50 / 19.01.2018
21395
2 daqiqa o‘qiladi

O‘FF prezidenti futbolchilardan Aqto‘be qurbonlari xotirasi uchun g‘alaba qozonishni so‘ragan

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati chorak finalida Yaponiya termasiga qarshi o‘yindan oldin O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasiga maktub yo‘llagan. Kiyim almashtirish xonasida o‘zbekistonlik futbolchilarga Ahmadjonovning ta'sirli maktubi o‘qib eshittirilgan. Maktubda federatsiya prezidenti futbolchilardan Aqto‘be fojiasi qurbonlari xotirasi uchun bugun g‘alaba qozonishni so‘ragan.

Hurmatli futbolchilar, murabbiylar!

Kecha Rossiyaga yo‘l olgan 52 vatandoshimiz dahshatli tarzda halok bo‘ldilar. Ayni paytda O‘zbekistonda barcha marhumlar xotirasiga duolar qilyapti. 

Sizlardan shuni so‘rayman, bugun g‘alaba qozonib, alamda qolgan o‘zbek xalqiga quvonch ulashing.

Avvalgi uch o‘yiningizni ko‘rdim. Qiynaldinglar, o‘yinda mazmun yo‘qdek. Qani ketishdan oldin men maqtagan yigitlar? 

Bugun barchaning nigohi sizga qaratiladi. Kechagi fojiadan keyin xalqimizga taskin bo‘luvchi chiroyli g‘alaba bilan taskin berish imkoni bugun sizda mavjud. Ishonamanki, o‘sha avtobusda yo‘lga chiqqan vatandoshlarimiz orasida o‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan yigitlarimiz ham bor edi. Bugun ularning hurmati g‘alaba qozoning!

Mavzuga oid