O‘zbekiston | 09:06 / 20.01.2018
9600
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston masalasi yana Toshkentda muhokama etilishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018 yil Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan vazirlik darajasidagi «Afg‘oniston - kelajakka yo‘l» xalqaro konferensiyasini Toshkent shahrida o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda vazir BMT Xavfsizlik Kengashida o‘qigan nutqida ma'lum qildi.

«Afg‘onistondagi sheriklarimiz bilan bu masalani yaxshi o‘rganib chiqib, joriy yil fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «​Qobul jarayoni»​dan so‘ng, Toshkent konferensiyasi muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘lishiga amin bo‘ldik», deydi Abdulaziz Komilov.

Xalqaro konferensiya yakuniga ko‘ra, Afg‘onistonda harakatlar olib borayotgan qurolli kuchlari, hukumat vakillari hamda jahon hamjamiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuvga erishish maqsadida mintaqada tinchlikka erishish vazifalarini belgilab beruvchi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Mavzuga oid