Sport | 23:40 / 20.01.2018
27047
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «Real»ning sobiq futbolchisi «alamidan yig‘lab yubordi»

“Real Madrid”ning sobiq o‘yinchisi, hozirda Lissabonning “Sporting”ida to‘p surayotgan  Fabiu Koentrau “Vitoriya Setubal” bilan o‘yinda almashtirilgandan keyin o‘zini tajovuzkorona tutishni boshladi. 

“Sporting” uchrashuvning butun davomida hisobda oldinda borgan, biroq 2-bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Koentrau penalti “ishlab olgan” va buning oqibatida “Sporting” g‘alabani qo‘ldan chiqargan va qimmatli ochkolarni yo‘qotgan. 29 yoshli Koentrau almashtirilgandan keyin o‘z alamini zaxira o‘rindig‘idan “olib”, so‘ngra o‘tirib yig‘lay boshlagan. 

Milliy chempionatning 19-turidan keyin “Sporting” 47 ochko bilan 2-o‘rinni egallamoqda va peshqadam “Portu”dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Mavzuga oid