Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tasdiqlandi. Fergyuson-Nurmagomedov jangi g‘olibi Makgregorning kamarini qo‘lga kiritadi
Mutloq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Deyna Uayt rossiyalik Xabib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida yengil vazn toifasidagi jang g‘olibi chempionlik kamarini qo‘lga kiritishini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Men shunday degandim, Fergyuson - Nurmagomedov jangi g‘olibi mutlaq chempionga aylanadi. Menda boshqa yangiliklar hozircha yo‘q.
Konor Makgregorda qachon qaytishi bo‘yicha aniq qaror yo‘q, - u bir avgustda, bir sentabrda qaytishini aytmoqda. Bu ikki yildan beri davom etyapti, biroq vazn toifasi rivojlanishi lozim», - deya aytib o‘tdi Uayt.
Aralash yo‘nalish (UFC) bo‘yicha rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovning fikricha, amerikalik Toni Fergyusonni qadning rostlangan vaziyatida ham mag‘lub etishi mumkin.
«Men kurashchi va greppler emasman, men Tonini qadning rostlangan vaziyatida ham yer tishlatishim mumkin. Bu Tonining vaqti emas, bu Xabibning davri. Tiramisu ancha orqada qolgan», - deya aytib o‘tdi Nurmagomedov.
Jang Bruklindagi UFC 223 musobaqasi doirasida 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov – Fergyuson jangi sanasi rasman ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023