Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARda homilador ayolning vafotidan 10 kun keyin “ko‘zi yoridi”
Janubiy Afrika Respublikasida 33 yoshli homilador ayol Nomveliso Nomasonto Mdoyi vafotidan 10 kun keyin o‘lik bolani “dunyoga keltirdi”. Bu haqda Times Live mahalliy nashri xabar bermoqda.
Ayol to‘satdan nafas olishi qiyinlashgani va bo‘g‘ilayotganidan shikoyat qila boshlagan. Biroz vaqt o‘tgach u vafot etgan. Ayol homiladorlikning 9-oyida bo‘lgan.
Ayolning oilasi uning jasadini dafnlar bilan shug‘ullanuvchi agentlikka berishgan, biroq dafn marosimiga bir kun qolganda agentlik xodimlari tobutdagi ayol jasadi oyoqlari orasida go‘dakni aniqlashgan. Aniqlanishicha, bola o‘lik bo‘lgan.
Marhumning oilasi bundan yanada iztirob chekkan.
“Bola o‘lik edi. Biz bundan shunchalik karaxt holga va vahimaga tushdik-ki, bolaning jinsini aniqlashga ham botina olmadik. Biz bu ish bilan 20 yildan ko‘proq shug‘ullanamiz, biroq o‘lgan homilador ayol tug‘ishi haqida hech eshitmaganmiz”, deb aytilgan dafn agentligi rahbariyatida.
Mutaxassislarning aytishlaricha, homila ayolning vafotidan keyin mushaklari qisqarishi va bo‘shashishi tufayli tashqariga chiqqan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi
13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi
22:32 / 06.02.2025
AQSh Davlat kotibi Markio Rubio G20 yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi
09:12 / 03.02.2025