Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasi vaqt va ko‘lam bo‘yicha cheklanishini talab qilmoqda
AQSh Turkiyani uning Suriyadagi harbiy operatsiyalarini ko‘lam va davomiylik bo‘yicha cheklashga chaqirdi hamda Anqara tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun ehtiyotkorlik ko‘rsatishini talab qilmoqda. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Xezer Nauert bayonotida aytilgan.
“Kecha davlat kotibi Tillerson turkiyalik va rossiyalik hamkasblari bilan o‘tkazgan telefon muloqotida AQSh Suriya shimoli-g‘arbidagi vaziyatdan, ayniqsa jangovar harakatlar kuchayishiga to‘qnash keladigan tinch aholi ahvolidan juda xavotirda ekanligini bildirgan”, deb aytgan Nauert.
“Biz Turkiyani bosiqlik ko‘rsatishga va uning harbiy operatsiyalari ko‘lam va davomiylik bo‘yicha cheklanganiga ishonch hosil qilishga hamda bu operatsiyalarni tinch aholi o‘rtasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun sinchkovlik bilan o‘tkazishga chaqiramiz”, deyilgan bayonotda.
“Biz barcha tomonlarni markaziy maqsad – IShIDni yakson qilishga e'tibor qaratishga chaqiramiz. Suriya xalqi uchun barqarorlikka erishish yo‘lida buyuk davlatlar uchun birgalikda ishlash vaqti keldi”, deyilgan davlat departamenti bayonotida.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025