Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiylar muammolari yuzasidan amaliy muloqot tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy qism komandirlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida ekskursiya hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi.
Davlat rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti negizida qayta tashkil etilgan Qurolli Kuchlar akademiyasi bugungi kunda yuqori bo‘g‘in qo‘mondonlik ofitserlarini tayyorlash va milliy armiya saflariga har tomonlama yetuk yosh ofitserlarni yetkazib berish hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
– Harbiy ta'lim sohasini takomillashtirish, bilim berishda innovatsion vositalar va o‘quv-qurollarni qo‘llash, o‘quv-moddiy bazani yangilash, ta'lim sifatini oshirish va zamonaviy andozalarga javob berishini ta'minlash masalalariga mudofaa qudratini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida qaralmoqda. Oliy harbiy ta'lim muassasalari kadrlarni tayyorlash milliy dasturi asosida joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimida ofitser kadrlarni tayyorlashning muhim bo‘g‘ini sanaladi, – deydi podpolkovnik Xoliyor Qoraboyev.

Tadbir ishtirokchilariga taniqli aktyorlar tomonidan mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan Jaloliddin Manguberdi jasorati aks etgan “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyish etildi.


Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikromov harbiy qism komandirlari va ularning o‘rinbosarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Vatan himoyachilari oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalarga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi. Harbiy qism va muassasalarda yechimini topishi qiyin masalalarni tingladi. Nostandart uchrashuv davomida konstruktiv suhbat o‘tkazdi. Ularning har biriga muhim qo‘llanma sifatida foydalaniladigan kitoblar va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025