Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp prezidentligining birinchi yiliga yakun yasadi
2017 yil 20 yanvarda AQSh prezidenti vazifasini bajarishga kirishgan Donald Tramp prezidentligining birinchi yiliga yakun yasadi. U bu haqda tvitterda yozdi.
“Saylovlar vaqtidan beri ko‘plab sohalarda davlatimiz uchun misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishildi”, deb yozgan Tramp.
Tramp prezident lavozimida erishgan yutuqlari qatorida fond bozorlaridagi rekordlar, armiyaning kuchaytirilishi, jinoyatchilik va chegaralarni nazorat qilish va IShIDga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlarni sanab o‘tdi.
“Ayollar va umuman butun aholi o‘rtasida eng past ishsizlik darajasi, soliqlarning katta ko‘lamli pasaytirilishi, majburiy sug‘urtalashning tugatilishi va boshqa ko‘plab yutuqlarga erishildi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Mavzuga oid
11:52 / 05.06.2023
7 iyundan O‘zbekiston prezidentligiga saylovoldi tashviqotlari boshlanadi
15:08 / 02.06.2023
Siyosiy partiyalar prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjat topshirishni yakunladi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020