Jahon | 17:10 / 21.01.2018
15645
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri amerikalik harbiylarga hujum qilinishi mumkinligini istisno etmadi

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildiki, Suriyaning Afrin mintaqasidagi kurd harbiy bo‘linmalarini qo‘llab-quvvatlovchi har qanday kuch turkiyalik harbiylar nishoniga aylanadi. Bu haqda u NTV telekanali efirida ma'lum qilgan.

«Terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagan har qanday kuch bizning nishonimizga aylanadi», – degan Yildirim Turkiya kurd bo‘linmalarga moddiy-texnik yordam ko‘rsatayotgan AQShga qanday munosabatda bo‘linishi xususida berilgan savolga javoban.

Bundan tashqari, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot 4 bosqichda o‘tkaziladi. Harbiy harakatlar natijasida chegaradan 30 kilometr ichkariga qadar «xavfsiz zona» yaratiladi. Yildirim bu amaliyot hududdagi terrorchilarning barchasi yo‘q qilingunga qadar davom etishiga va'da berdi. Turkiya tomoni hisobiga ko‘ra, Afrinda 10 mingga yaqin kurd jangchisi bor.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid