Jahon | 19:45 / 22.01.2018
10567
2 daqiqa o‘qiladi

Anqara Afrinda turk qurollaridan foydalanilayotganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Turk armiyasi Suriyaning Afrinidagi amaliyotda 70-75 foizga mahalliy bo‘lgan qurol-yarog‘dan foydalanmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.

"Afrindagi "Zaytun novdasi" amaliyotida 70-75 foizga mahalliy ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘dan foydalanmoqdamiz", - deya Yildirimning so‘zlarini keltiradi Star telekanali.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda amaliyotda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar orasida yo‘qotishlar yo‘q. Ikki kun ichida qurollangan kurdlar tuzilmalarining 170 obekti nishonga olindi.

Avvalroq, Turkiya Suriya shimolidagi Afrin viloyatiga tanklarini kiritgani ma'lum bo‘lgandi. Qayd etilishicha, Turkiya tanklari chegara hududidan itqitib yuborilgan kurd harbiylari qarshiligiga duch kelmasdan harakatlanmoqda.

20 yanvar kuni avvaliga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlanib bo‘lganini ma'lum qildi. Ko‘p o‘tmasdan Turkiya bosh shtabi Afrinda “Zaytun novdasi” nomli harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qildi. Turkiya harbiylari bayonotida bu amaliyot «Suriya yaxlitligini hurmat qilgan holda» olib borilishi ma'lum qilingan. Turkiya hujum boshlashi arafasida Rossiya Mudofaa vazirligi Arbindagi harbiylarini Tall-Adjar hududiga ko‘chirdi.

Mavzuga oid