Jahon | 00:00 / 22.01.2018
10009
1 daqiqa o‘qiladi

Anqarada Suriyadagi operatsiyaga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Foto: CNN Türk

Anqara politsiyasi 21 yanvarda Suriyaning Afrinida harbiy operatsiya o‘tkazilishiga qarshi chiqayotganlar guruhiga qarshi ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘lladi. Bu haqda CNN Türk xabar bermoqda.   

Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari faollarni qo‘lga olib, ularni so‘roq qilgani bo‘limga olib borganlar. Odamlar kurdlarni qo‘llab-quvvatlovchi Demokratiya va xalqlar partiyasi chaqiriqlaridan keyin norozilik namoyishlariga chiqqanlar.    

Turkiya Suriyaning Afrin shahrida kurd qurolli tuzilmalariga qarshi “Zaytun shoxi” operatsiyasini o‘tkazmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid