Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YPG Rossiyani xoinlikda aybladi
Suriyadagi kurdlarning «Xalq mudofaa kuchlari» (YPG) tashkiloti harbiy bosh qo‘mondoni Sipan Xemo Turkiyaning Afringa hujumi vaqtida Suriya kurdlarini himoya qilishdan bosh tortib Anqaraning bu harakatiga munosabat bildirmagani uchun Rossiyani xiyonatda aybladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar qilingan.
«Turklarning fashistik davlati okkupatsiya boshladi va butun dunyo ko‘z o‘ngida kurdlarni ommaviy ravishda o‘ldirmoqda. Butun dunyo bu bosqinchilik va ommaviy qirg‘in uchun javobgardir», — degan Xemo. U kurdlar ayniqsa, Moskvaning beparvoligidan qattiq ranjiganini qayd etgan.
«Rossiya ayni vaqtda Turkiyaning ittifoqchisi hisoblanadi (...) turklar davlati esa biz bilan urush holatida (...). Bizning Rossiya bilan kelishuvimiz bor edi, ammo ular barchasini inkor etib, bizni sotishdi», — deya qayd etgan kurdlar bosh qo‘mondoni.
U kurdlar endi Moskvaning asl yuzini ko‘rishayotgani va Rossiya ular uchun «prinsipsiz davlat» aylanganini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya Bosh shtabi 20 yanvar kuni Afringa hujum boshlangani haqida e'lon qildi. Turkiya bu hududda o‘rnashgan kurd harbiy bo‘linmalarini terrorchilar deb baholab, ularni yakson qilishni maqsad qilgan. Bu harbiy kampaniyada ularga quruqlikda Suriya muxolif kuchlari hamrohlik qilmoqda. Shuningdek, aviatsiyadan zarbalar berilmoqda. Haberturk ma'lumotiga ko‘ra, turkiyalik harbiylar keyingi 48 soat mobaynida Suriya chegarasidan Afrin tomon 7,5 kilometr masofada kirib borgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml turkiyalik harbiylarning Suriyaning Afrin mintaqasidagi harakatlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?
17:31 / 03.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Turkiyada kurd isyonchilari qurolli kurashni tugatmoqda
11:33 / 10.12.2024
Asad rejimi qulagach, Turkiya Suriya shimolida kurdlar bilan jang olib bormoqda
08:32 / 09.12.2024