Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo‘lganlarga murojaat qildi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo‘lganlarni chet elga chiqishda foydalanilayotgan transport vositalari xavfsizligiga jiddiy e'tibor qaratishga chaqirdi. Vazirlik matbuot xizmati 23 yanvar kuni shu mazmundagi murojaat bilan chiqdi.
"Hurmatli, hamyurtlar! Xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz, chet elga ketish uchun foydalanilayotgan transport vositalarining texnik xavfsizligi va boshqa jihatlarga jiddiy e'tibor qaratishga chaqiramiz!", - deyiladi unda.
Chet elga ishga ketish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan har qanday savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan:
(0-371) 202-33-55;
(0-371) 202-33-66.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024