Nokia besh kamerali smartfon ishlab chiqarmoqda

Foto: Bloomberg
HMD Global kompaniyasida besh asosiy kamera va ikki LED-vspishkali fotomodul bilan ta'minlangan smartfon ishlab chiqarilmoqda. Foxconn tadqiqot bo‘limiga yaqin bo‘lgan VtechGraphy shu haqida ma'lum qildi.
So‘nggi flagman ishlanmalari borgan sari ko‘proq ikki asosiy kamerani o‘z ichiga olmoqda, shu bilan birga, ikki frontal kamera bilan ta'minlangan smartfonlar ham yo‘q emas. Manbada smartfonga nima uchun besh kamera kerakligiga aniqlik kiritmagan. Ekspertlarning taxminlariga ko‘ra, bunday qaror fotomodul o‘lchamlarini oshirish, uni yaqinlashtirish funksiyalari bilan jihozlash yoki stereotasvirga ega bo‘lish uchun kerak bo‘lishi mumkin. Ba'zilar 8 linzaga ega va 360 daraja burchak tasvirli 3D-video ishlab chiquvchi sharsimon Nokia Ozo kamerasini yodga olishdi. 2015 yilning yangi qurilmasi narxi juda yuqori bo‘lib, 60 ming AQSh dollarini tashkil qilgan, zero u 3D-kino s'yomkasiga ixtisoslashgan tor professionallar guruhiga yo‘naltirilgan.

Yangi smartfonga kelsak, u foydalanuvchilarning mehrini qozonishi uchun nisbatan hamyonbop bo‘lishi kerak. O‘z vaqtida Nokia o‘zining noyob ishlanmalari bilan jamoatchilik e'tiborini jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan, 42 megapikselli kameraga ega Nokia 808 PureView smartfoni.

Ishlab chiqaruvchining yangi mahsulotining ko‘rinishi qanday bo‘lishi hozircha noma'lum. Ma'lumotlarga ko‘ra, besh kamerali smartfonlar 2018 yilning oxiriga borib sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi

12:38 / 11.03.2025
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

16:22 / 05.03.2025