Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi
Davlat dasturiga asosan 2018-2020 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan tuman va shaharlarda Davlat xizmatlari markazlari – Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi.
Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida (@huquqiyaxborot) ma'lumot berilishicha, bunda:
ona va bola xonalari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit, avtomobil to‘xtash joylari, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish burchaklari nazarda tutiladi;
davlat xizmatlari markazlarini infokiosklar bilan ta'minlash, ularda elektron navbat tizimi va masofadan turib videokuzatuv tizimini joriy etiladi;
davlat xizmatlarini aloqa vositalaridagi mobil ilovalar orqali ko‘rsatish imkoniyatini yaratish, aholi bilan qayta aloqaning samarali vositalari amalga kiritiladi;
olis hududlarda yashovchi aholiga mobil davlat xizmatlari markazlari (maxsus avtotransport vositalari) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.
Ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantiriladi. Reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlanadi.
2018 yilda Davlat xizmatlari markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida qo‘shimcha ravishda yuridik shaxslarga 40 turdagi, jismoniy shaxslarga 19 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini joriy etiladi.
Mavzuga oid
15:02 / 20.01.2021
2020 yilda aholi murojaatlari bilan talab darajasida ishlamagan 752 nafar mas'ul javobgarlikka tortilgan
11:03 / 12.05.2020
Xalq qabulxonalari qishloq yoshlari bandligini ta'minlamoqda
15:40 / 30.07.2019
«Ichimlik suvini yaxshilash, transformatorni yangilash va QVPni o‘rniga qaytarish». Vazirlar uyma-uy yurib, muammolarni hal etmoqda
13:13 / 21.01.2019