Jahon | 07:54 / 24.01.2018
8823
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda farzand dunyoga keltiradigan ilk senator ayol paydo bo‘lishi mumkin

Foto: Creative Commons

AQShning Illinoys shtatidan ayol senator Temmi Dakuort homilador ekanligini ma'lum qildi: u shu tariqa senator lavozimini egallab turib, farzand dunyoga keltiradigan ilk ayolga aylanishi mumkin.   

Senator Chicago Tribune nashriga 2018 yil bahorida ikkinchi farzandini tug‘ishni kutayotganini aytgan.

Avvalroq kongress a'zosi bo‘la turib 9 ayol ko‘zi yorigan, biroq ularning barchasi quyi palatada ishlashgan. 

Dakuort birinchi farzandini quyi palata deputati bo‘lgan vaqtda 2014 yilda dunyoga keltirgan.

Dakuort 49 yoshda bo‘lib, Iroqdagi urush vaqtida u boshqargan vertolyot raketa bilan urib tushirilganda ikki oyog‘idan mahrum bo‘lgan. Dakuort senatga 2016 yilda saylangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid