Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antaliyada "Pust govoryat" ko‘rsatuvi qahramoni vafot etdi
Turkiyaning Antaliya shahridagi kasalxonada rus deya taxmin qilingan, Turkiyada «Umid» deb atashgan yigit vafot etdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi ma'lum qildi.
Mahalliy fuqaro Gulsum Kabadayi Umidni 10 yil avval shifoxonada uchratgan va o‘shandan beri unga g‘amxo‘rlik qilib kelayotgandi.
Kabadayining "Anadolu"ga xabar qilishicha, Umid so‘nggi 10 kun davomida jonlantirish bo‘limida bo‘lgan. Oxirgi uch kunda esa ahvoli juda og‘irlashgan.
«Unga "poliorgan yetishmovchiligi" tashxisi qo‘yildi va Umidni sun'iy nafas olish uskunasiga ulashdi. Buyrak yetishmovchiligi tufayli dializ amalga oshirildi. Bugun ertalab u vafot etdi», - degan Kabadayi.
Umid Oqdeniz Universiteti kasalxonasiga 2008 yilning avgustida, mudhish YTHdan so‘ng olib kelingan. Kabadayi shifoxonada bo‘lgan o‘z tanishining oldiga kelganida, bu yigitni ko‘rib qolgan. Ayol ikki oy davomida unga kasalxonada qarab o‘tirgan, keyin uyiga olib ketgan.
Umid va Gulsum Kabadayi haqida Rossiyaning Birinchi kanalidagi "Pust govoryat" ko‘rsatuvi ham efirga uzatilgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025