Jamiyat | 11:08 / 24.01.2018
56998
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura ishga taklif qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markaziga qo‘yidagi lavozimlarga ishga taklif qilmoqda:

Kreativ muharrir – kreativ yechim va tezkorlik, sharx, reportajlar tayyorlashda va intervyu hamda «davra suhbat»lari o‘tkazishda tahliliy yondashuv; matnlar, intervyu va suhbatlarni tahrir qilish; tillarni mukammal bilish; telejurnalistika sohasida malakali tajribaga ega bo‘lish; kompyuter savodxonligi.

Taklif etilayotgan lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 3 mln. so‘mdan 4 mln. so‘mgachani tashkil qiladi.

Muxbir – lavhalar tayyorlash jarayonini mukammal o‘zlashtirish; adabiy tahrir malakasiga ega bo‘lish; o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda etish, savolnomalar tuzish, kadrda va kadr ortida ishlay bilish; axborot materiallarini tayyorlash, umumlashtirish va tahlil qilish; muxbirlik faoliyatida yetarli tajribaga ega bo‘lish; kompyuter savodxonligi.

Taklif etilayotgan lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 2 mln. 300 ming so‘mdan 3 mln. 300 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Teleboshlovchi – san'atkorlik va improvizatsiya mahorati; kadrda va kadr ortida ishlash qobiliyati; bekami-ko‘st talaffuz va suxandonlik xususiyatlariga ega bo‘lish; ommaviy tadbirlar va televideniyeda chiqish tajribasi; kompyuter savodxonligi.

Taklif etilayotgan lavozim bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 2 mln. 300 ming so‘mdan 3 mln. 300 ming so‘mgachani tashkil qiladi.

Murojaat uchun telefon raqami va elektron manzil:
+99871 232-32-16
[email protected]

Nomzodlar bilan suhbat 2018 yil 24 yanvar kuni soat 18.00 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida o‘tkaziladi.
Yoningizda pasport va rezyume bo‘lishi shart.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid