O‘zbekiston | 17:28 / 24.01.2018
17914
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish amaliyoti tiklanishi mumkin

O‘zbekistonda Maktab bitiruvchilari uchun oltin va kumush medallar berish amaliyoti tiklanishi mumkin. «Kun.uz» manbasining ma'lum qilishicha, prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Qiziriq tumanida faollar bilan uchrashuvi vaqtida shunday tashabbus bildirilgan.

Prezident tegishli mutasaddilarga ushbu masalani o‘rganib chiqishni topshiriq qilgan. Ayni vaqtda Xalq ta'limi vazirligi rasmiylari bu masalani o‘rganmoqda. Yakunda jamoatchilik fikri ham o‘rganiladi va hukumatga loyiha kiritiladi.

Maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirgan o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga imtiyozli shahodatnomalar ham beriladi. Lekin bunday shahodatnoma bilan o‘qishga imtihonsiz qabul qilishmaydi. Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari esa o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Mavzuga oid