Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston yoshlarining Osiyo chempionati finaliga chiqqani bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi", - deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
Koreya Respublikasi Prezidenti ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlar terma jamoamiz ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yin va jamoamiz musobaqa finaliga chiqqani bilan samimiy qutladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi rahbariyati va xalqiga Pxyonchxanda tashkil etiladigan va jahon sporti tarixiga kiradigan, haqiqiy do‘stlik va o‘zaro anglashuv bayramiga aylanadigan qishki Olimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini chin dildan tiladi.
Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va an'anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladilar", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
17:48 / 11.12.2024