Falastin Isroil bilan kelishmaguncha ko‘mak olmaydi – Tramp

Falastin, Donald Tramp, moliyaviy yordam
AQSh Falastin rahbariyati Isroil bilan tinchlik xususida kelishib olmaguncha, bu muxtoriyatga moliyaviy ko‘mak bermaydi. Bu haqda 25 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp Davosdagi jahon iqtisodiy forumida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Biz falastinliklarga yuzlab million dollarlar beramiz. Ular bir hafta oldin vitse-prezidentimizga Falastinga borishga ijozat bermay, bizga hurmatsizlik qildilar. Ular tinchlik bo‘yicha kelishib olmagunlarigacha bu pullarni olmaydilar. Isroil tinchlik istamoqda”, deb aytgan Tramp.
Mavzuga oid

23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi

17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

22:36 / 17.05.2025