Olimlar maymunlarni klonlashtirishdi

Foto: Qiang Sun and Mu-ming Poo
Xitoy fanlar akademiyasi olimlari guruhi klonlashtirishdagi muvaffaqiyatlari haqida hisobot berishdi. Tadqiqotda ma'lum qilinishicha, ular ikkita bir xil makaka maymunini yarata olishgan.
Genetiklar ikkita bir xil maymunni Dolli qo‘yini klonlashtirishda qo‘llangan usul yordamida yaratishdi. Bu usul maymunsimonlarda ish bermasligi taxmin qilingan, biroq xitoylik biologlar maymunlarni klonlashtirishning o‘z texnologiyalarini yarata olishgan.
Olimlarga mavjud usulni yaxshilash uchun 2 yil talab etilgan. Ular “ulkan sondagi xatolar va muvaffaqiyatsizliklarga uchraganlar”, birinchi klonlar tug‘ilganidan bir necha soat o‘tib nobud bo‘lavergan. Olimlar matritsali RNK va trixostatin A qo‘shish evaziga klonlashtirilgan makakalarning o‘lish ehtimolini kamaytira olishdi. Bu materiallar 2 mingdan ko‘proq genni uyg‘otishga imkon bergan. Olimlar, shuningdek, tuxum hujayrani urug‘lantirishni imitatsiya qilish uchun tok qo‘llashgan.
Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, endi insonlarni klonlashtirishda hech qanday to‘siq yo‘q. Faqatgina buning axloqiy tomonlarini hal qilish qoldi.
“Maymunlarni, shu jumladan insonlarni klonlantirishda endi texnik to‘siqlar yo‘q. Biz bu to‘siqni barbod qilishga qaror qilgan sabab – insonlarni davolashda yordam beradigan jonzotlar modellarini ishlab chiqarishdan iborat”, deb aytgan tadqiqot hammuallifi Mu-Min Poo.
Avval ham maymunlarni klonlashtirishgan, biroq o‘shanda klonlar emas, bir tuxumli egizaklar dunyoga kelgan. Bu holatda esa makakalar mutlaq bir xil va yaxshi rivojlanmoqda. Ularning yoshi 8 va 6 haftani tashkil qiladi. Hukumat biologlarning ushbu loyihasini qo‘llab-quvvatlab, yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
Olimlarning tadqiqoti birinchi navbatda saratonga qarshi kurash, immunitet buzilishi va boshqa irsiy kasalliklarni davolash usullarini yaxshilashga qaratilgan.
Mavzuga oid

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

09:16 / 10.02.2025
Bir maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

15:50 / 03.09.2024