Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Pyongchangga qishki Olimpiadalar tarixidagi eng ko‘p sonli terma jamoani yuboradi
AQSh Janubiy Koreyaning Pyongchangida o‘tadigan 2018 yilgi qishki Olimpiadaga qishki Olimpiadalar uchun eng ko‘p sonli terma jamoani yuboradi. Pyongchangda 242 sportchi AQSh sharafini himoya qiladi. Bu haqda AQSh Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Terma jamoa safidan 107 ayol va 135 erkak sportchi o‘rin olgan, ular barcha sport turlarida 15 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashadilar. Ular orasida 10 nafar Olimpiya chempioni, jumladan Sochida o‘tgan 2014 yilgi Olimpiadaning 5 nafar chempioni bor.
Amerikalik sportchilardan 3 nafari Olimpiada o‘yinlarida 5-marotaba ishtirok etadi, bular: snoubordchi Kelli Klark (2002 yilgi Olimpiada g‘olibi), chang‘ichi Kikkan Rendall va konkida yuguruvchi Shani Devis (2006 va 2010 yillardagi Olimpiada chempioni).
Sochidagi avvalgi Olimpiadada AQShdan 230 sportchi qatnashgandi. Terma jamoa 9 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025