Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya kanadalik milliarder Sherman va uning rafiqasi o‘ldirilgan deb hisoblamoqda – OAV
Toronto politsiyasi 2017 yil 15 dekabrda o‘z uylarida o‘lik holda topilgan, Apotex farmatsevtik korporatsiyasi asoschisi, milliarder Barri Sherman va uning rafiqasi Xani o‘ldirilgan, deb hisoblamoqda. Bu haqda detektiv Syuzan Gomes 26 yanvarda matbuot anjumanda aytib o‘tdi.
“Bizda tergovni ikki kishining o‘ldirilgani sifatida tasniflash uchun yetarlicha isbotlar mavjud”, deb aytgan Gomes.
Milliarder va uning rafiqasi Torontodagi uylarida o‘lik holda topilganlar. Keyinroq ularning ikkalovida ham bo‘g‘ish alomatlari aniqlangan.
Sherman Apotex’ga 1974 yil asos solgan. Kompaniya dori vositalari ishlab chiqaradi va ularni 115 dan ko‘proq davlatga eksport qiladi. Noyabrda Canadian Business Shermanni Kanadaning eng badavlat odamlari ro‘yxatiga kiritgandi. SVS telekanalining ta'kidlashicha, er-xotin faol tarzda xayriya faoliyati olib borgan.
Mavzuga oid
23:29 / 10.04.2025
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
09:41 / 04.04.2025
Moskva milliarderlar soni bo‘yicha dunyoning ikkinchi shahriga aylandi
11:09 / 02.04.2025
Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi
15:06 / 08.03.2025