Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Harakatlar strategiyasining davlat boshqaruvi, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, xavfsizlik va xalqaro aloqalar yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni doimiy ishga taklif etadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;
- tahliliy materiallar tayyorlash;
- ijodiy fikrlash va yondashuv;
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha malakali tajriba (xorijiy tajribaga ega bo‘lsa, olqishlanadi);
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish va loyihani boshqarish ko‘nikmalari;
- kompyuter savodxonligi hamda xorijiy tillarni mukammal bilishi (ingliz tili olqishlanadi).
Vazifalar:
- Harakatlar strategiyasining barcha ustuvor yo‘nalishlarini yaxshi tushunishi;
- Davlat dasturi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan yaqin hamkorlik qilish;
- normativ-huquqiy hujjat loyihalari ustida ishlash;
- Davlat dasturi ijrosini doimiy monitoring qilish;
- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha xorijiy tajribani qo‘llash;
- o‘z sohasi bo‘yicha yangi g‘oyalar taklif etish.
Oylik ish haqi miqdori har bir nomzod bilan alohida muhokama qilinadi.
Nomzodlar ma'lumotnomalari hamda qo‘shimcha savollar [email protected] elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Eslatma: Nomzodlar ma'lumotnomalari faqat elektron manzil orqali qabul qilinadi.
Mavzuga oid
15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda
18:28 / 25.04.2024
O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi
21:17 / 12.03.2024
Kun.uz ingliz tilida ishlovchi jurnalistlarni ishga taklif qiladi
18:54 / 07.09.2023