Sport | 09:00 / 28.01.2018
5873
3 daqiqa o‘qiladi

A Seriyada 22-tur. «Yuventus» 9 kishi bo‘lib qolgan raqibni yengib, birinchi o‘ringa chiqdi

Italiya chempionatining 22-turida «Yuventus» «Kevo» ustidan g‘alabaga erishdi. Veronadagi «Mark-Antonio Bentegodi» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib maydon egalari 9 kishi bo‘lib harakat qila boshladi. Birinchi bo‘limda Samuel Basten, ikkinchi bo‘limda Fabritsio Kachchiatore maydondan chetlatildi. Shundan keyin Sami Xedira hisobni ochuvchi golni urdi, o‘yin oxirida Gonsalo Iguain turinliklarning g‘alabasini mustahkamladi.

Endilikda «Yuventus» 56 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi, hozircha 54 ochko to‘plab turgan «Napoli» 22-tur o‘yinini endi o‘tkazadi. «Kevo» 22 ochkosi bilan — 13-o‘rinda.

«Atalanta» bu turda «Sassuolo» ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Redjo-nel-Emiliyadagi «Mapey — Chitta-del-Trikolore» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda Andrea Maziyello hisobni ochdi. 83-daqiqada Brian Kristante jamoasi ustunligini oshirdi. Remo Froyler o‘yin oxirida yakuniy natijani o‘rnatdi - 0:3.

Shu tariqa, «Atalanta» ochkolari sonini 33taga yetkazdi va A Seriya turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi, «Sassuolo» 22 ochkosi bilan 14-pog‘onada joylashgan.

Italiya chempionati
22-tur

Kevo – Yuventus 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 67 Xedira, 0:2 – 88 Iguain.
Kevo – Sorrentino, Kachchatore, Bani, Daynelli, Tomovich (Gamberini, 53), Yaroshinski, Basten, Radovanovich, Xetemay, Puchcharelli (Depaoli, 46), Birsa (Medjorini, 79).
Yuventus – Shchensny, De Shilo, Benatiya, Bardzali, Asamoa (Lixtshtayner, 72), Xedira, Pyanich, Sturaro (Bernardeski, 52), Duglas Kosta, Iguain (Bentankur, 89), Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Asamoa (22), Iguain (32), Basten (35).
Chetlatish: Basten (37), Kachchatore (61).

Sassuolo – Atalanta 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 30 Masello, 0:2 – 83 Kristante, 0:3 – 86 Froyler.
Sassuolo – Konsili, Lirola, Goldaniga, Acherbi, Peluzo, Missiroli, Manyanelli, Dankan (Raguza, 76), Berardi, Falchinelli (Matri, 55), Politano (Skamakka, 90).
Atalanta – Gollini, Toloi, Palomino, Masello, Kastan, de Ron, Froyler, Gosens (Xatebur, 73), Kristante (Manchini, 90), Kornelius (Petanya, 60), Ilichich.
Ogohlantirish: Goldaniga (68).
Chetlatish: Goldaniga (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid