Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimiyati «Nasaf»ning Osiyo chempioni bo‘lgan 4 nafar futbolchisiga Nexia beradi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan edi.
28 yanvar kuni terma jamoa a'zolari yurtimizga qaytib keldilar. Shundan so‘ng, poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida chempionlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar terma jamoasi a'zolari va murabbiylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sovg‘alari - Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar topshirildi.
Sports.uz xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimiyati ham Osiyo chempioni bo‘lgan «Nasaf»ning 4 futbolchisiga Nexia rusumidagi avtomobillarni topshirish haqida qaror chiqargan. Ular - yarimhimoyachilar Odil Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Doniyor Narzullayev va hujumchi Bobir Abdixoliqov.
Mavzuga oid
02:14 / 03.04.2021
BAA chempionati. «Shabob Al Ahli» g‘alaba qozondi. Masharipovda g‘alaba goli+assist
20:26 / 05.03.2021
Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi «Shabob al Ahli»ga o‘tdi
19:56 / 03.02.2020
«Shabab Al-Ahli» Azizjon G‘aniyev transferini e'lon qildi
14:42 / 05.02.2019