Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Liga. Messi so‘nggi daqiqalarda jarimadan gol urib, "Barselona"ga g‘alaba keltirdi
Ispaniya chempionatining 21-turida "Barselona" o‘z maydonida "Alaves"ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 23-daqiqasida Gvidetti mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada Luis Suares oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 6 daqiqa qolganida Messi tomonidan kiritildi.
Barselona – Alaves 2:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 23 Gvidetti, 1:1 – 72 Suares, 2:1 – 84 Messi.
Barselona: ter Stegen, Pike, Din (Alba, 52), Nelson Semedu (Serdji Roberto, 52), Umtiti, Koutino (Pako Alkaser, 66), Rakitich, Paulino, Inesta, Suares, Messi.
Alaves: Pacheko, Laguardia, Duarte (Demirovich, 89), Ruano, Maripan, Ibai Gomes, Medran, Mubarak, Peres (Pedrasa, 63), Gvidetti (Munir, 75), Sobrino.
Ogohlantirishlar: Mubarak (22), Duarte (27).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025