O‘zbekiston | 17:10 / 29.01.2018
17672
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda diplomatlarning yo‘l harakati qoidalarini buzgan holatdagi daxlsizligi cheklandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2012 yil 13 fevraldagi 7, 5 va 22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2338, 2012 yil 13 mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 yil, 11-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

2. Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:

«Daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslar YPX xodimlari bilan aloqaga kirishgan hollarda o‘z maqomidan qat'iy nazar, akkreditatsiya kartochkasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi hamda transport vositasining diplomatik vakolatxonaga tegishliligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjatlarni YPX xodimlariga taqdim etishga majbur.»;

ikkinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblanadi.

2. 7-bandda:

ikkinchi xatboshidan «Dipxorijxizmatdan diplomatik vakolatxonaning ma'muriy javobgarlikka tortishga roziligi to‘g‘risida xabarnomani olganidan keyin» degan so‘zlar chiqarib tashlandi;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«Sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarima O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda to‘lanadi.».

3. 8-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«bir yil davomida yo‘l harakati qoidalari uch marotabadan ko‘p buzilganda, huquqbuzarga biriktirilgan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari Dipxorijxizmat tomonidan TIV tegishli bo‘linmasi bilan kelishilgan holda olti oygacha bo‘lgan muddatga olib qo‘yilishi mumkin yoki tegishli diplomatik vakolatxona boshlig‘i TIVga tushuntirish ishlari uchun chaqirtiriladi.»;

beshinchi xatboshidagi «har chorakda» degan so‘zlar «davriy ravishda» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:

«TIV, zarur bo‘lganda, Diplomatik ma'lumotnomada va boshqa manbalarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni muntazam ravishda to‘lamaydigan daxlsizlikdan foydalanuvchi shaxslarning «qora ro‘yxat»ini e'lon qiladi.»;

quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan to‘ldirildi:

«Yo‘l harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan holda transport vositasining egasi ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzish holati maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnik vositalari yordamida aniqlangan hollarda diplomatik vakolatxonaga tegishli transport vositasining ekspluatatsiyasi uchun mutasaddi shaxs ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Transport vositasining mulkdori maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalangan holda yo‘l harakati qoidalarining buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etiladi, basharti:

ma'muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan keltirilgan shikoyatni ko‘rib chiqish davomida huquqbuzarlik qayd etilgan paytda tegishli transport vositasiga egalik qilgan shaxs aniqlansa;

mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida uning egaligidan chiqib ketgan bo‘lsa.».

Mavzuga oid