Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada kenguru bir sakrab velosipedchini yiqitib yubordi (video)
Internetda Avstraliyada yo‘lni sakrab o‘tayotgan kenguru ayol velosipedchi bilan to‘qnashib ketgani videosi paydo bo‘ldi.
Kvinslend shtatida yuz bergan voqeani ayolning ortidan kelayotgan tanishi suratga olgan. Videoda bir guruh velosipedchilar bo‘sh yo‘ldan ketayotganlarida to‘satdan butalar orasidan kenguru chiqib, ayol velosipedchi bilan to‘qnashib ketganini ko‘rish mumkin. Bunday zarbadan ayol muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqiladi. Shundan keyin kenguru g‘oyib bo‘ladi.
Bu kutilmagan to‘qnashuv oqibatida velosipedchi yelkasi va tizzasidan jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
23:14 / 14.05.2025
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025