Dangasa pochtachi yarim tonnaga yaqin maktubni o‘z egalariga eltib bermay uyda saqlagan
Italiyaning Vichentsa shahri pochtachisi 8 yil davomida maktublarni tegishli manzillarga yetkazib berish o‘rniga, ularni uyiga “tashmalagan”. Politsiyachilar pochtachining uyidan yarim tonnadan ko‘proq o‘z egalariga yetkazilmagan maktublarni aniqlashgan.
Bu haqda birinchi bo‘lib ekologik markaz volontyorlari bong ura boshlashgan. Ular makulatura sifatida Italiya pochtasi markirovkasiga ega, ichida turli maktublar bo‘lgan 25 ta sariq qutini olishgan. Bu qutilar utillashtirishga 56 yoshli mahalliy pochtachining garajidan yetkazilgan.
Shundan keyin pochtachinikiga kelgan politsiyachilar uning uyida 572 kgga teng maktublarni aniqlashgan. Pochtachi bu maktublarni 43 ta qutida uyida va garajida saqlagan.
Bu maktublar orasida bank xabarnomalari, 2010 yilgi hududiy saylovlar vaqtidagi reklama mahsulotlari, 2013 va 2014 yil uchun ma'lumotnomalar, telefon va elektr energiya uchun to‘lovlar va boshqa maktublar bo‘lgan. Erkak umuman o‘z ishini bajargan-bajarmagani mavhum bo‘lib qolgan, biroq politsiya xabarida pochtachining uyida topilgan maktublar orasida shaxsiy maktublar bo‘lgani haqida hech narsa aytilmagan. Ehtimol, pochtachining maktublarni to‘plash “xobbisiga” shaxsiy maktublarni to‘plash kirmagan.
Yanvar o‘rtalarida Italiya sudi Parma viloyatida yashovchi ayolga telegrammaning o‘z vaqtida yetkazilmagani uchun Italiya pochta xizmatini 28 ming yevroga jazolagandi. Telegrammaning vaqtida yetkazilmagani sababli ayol bolalar bog‘chasiga ishga joylasha olmagan va bu holat yuzasidan sudga shikoyat qilgan. Telegrammada ayol ishga qabul qilish oldidan o‘tkaziladigan suhbatga taklif qilingan bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:14 / 22.11.2024
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:08 / 15.11.2024
Alp tog‘larida turistlar 280 mln yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
18:29 / 12.11.2024