Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Qorovul qo‘shinlariga kiritib qo‘yish uchun pul talab qilgan firibgarlar ushlandi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Harbiy prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi departament vakillari bilan birgalikda IIV Qorovul qo‘shinlariga shartnoma asosida harbiy xizmatga fuqarolarni chaqirish bo‘yicha firibgarlik sxemasini tuzishda gumonlangan ikki shaxsni qo‘lga olishdi.
"Tezkor xodimlar Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi terapevt shifokori 50 yoshli Mahliyo Tuyevani 3,5 ming AQSh dollarini olish chog‘ida ashyoviy dalil bilan ushlashdi. U bu pullar evaziga IIV Qorovul qo‘shinlariga shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqiriqda yordam ko‘rsatish niyatida bo‘lgan", - deya ta'kidlab o‘tdi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili.
Qo‘lga olingan shaxs sherigi borligini ko‘rsatgan – IIV 1-chi alohida qorovul bataloni sobiq harbiy xizmatchisi, 1980 yilda Olot tumanida tug‘ilgan N.Xujjiyev. Keyinchalik u ham ko‘rsatilgan 3,5 ming AQSh dollarini olish chog‘ida ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan ushbu holat bo‘yicha M.Tuyeva va N.Xujjiyevga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyi ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025