Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtobusning ko‘prikdan qulashi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yo‘lovchi avtobusining ko‘prikdan daryoga qulashi oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
“Avtobus Kalkuttadan shimolga tomon 280 km uzoqlikda, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgandan keyin Bxayrav daryosiga qulagan”, deb ma'lum qildi shtatning transport vaziri Suvandu Adxikari.
Uning aytishicha, falokat vaqtida avtobusda 55 kishi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, jasadlarni suvdan chiqarib olishga 6 soat talab qilingan. Omon qolganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilganlar.
Shtat hukumati voqeani tergov qilishni boshlaganini va halok bo‘lganlar oilalariga 8 ming dollardan kompensatsiya to‘lanishini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:28 / 22.05.2025