Sport | 18:20 / 30.01.2018
19688
2 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» yirik g‘alaba bilan OChLning guruh bosqichiga chiqdi

Osiyo chempionlar ligasi saralash pley-offi doirasidagi uchrashuvlardan birida «Nasaf» Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Igor Golban, ikkinchi bo‘limda Bobur Abduxoliqov, Azizjon G‘aniyev, Dragan Cheran o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi, yana bir golni mehmonlar himoyachisi Yosir al-Ravashdeh «Nasaf» uchun urib berdi,  bu gollarga raqib so‘nggi soniyalarda bitta gol bilan javob qaytardi. Natijada «Nasaf» Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Endi «Nasaf» OChLning «C» guruhida BAAning «Al-Vasl», Qatarning «As-Sadd» hamda Eronning «Persipolis» klublariga qarshi kurash olib boradi.

OChL. Saralash pley-off bosqichi
«Nasaf» (O‘zbekiston) - «Al-Faysaliy» (Iordaniya) 5:1 (1:0)
Gollar:
Igor Golban (12), Bobur Abduxoliqov (49), Azizjon G‘aniyev (52), Dragan Cheran (61, penalti), Yosir al-Ravashdeh (88, avtogol) - Alban Meha (90+4).
«Nasaf»: Sanjar Quvvatov, Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Sharof Muhitdinov, Odiljon Hamrobekov (Sanjar Rashidov, 80), Azizjon G‘aniyev (G‘olib G‘aybullayev, 76), Islom Kenjaboyev, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev, 70), Bobur Abduxoliqov.
«Al-Faysaliy»: Abulayla Yazid, Ahmad Yusuf (Mahdi Alamih, 77), Uday Zahran, Xalil Beniatiya, Salim al-Ajaylin, Bani Yosin, Yosir ar-Ravashdeh, Dominik Mendi (Ahmad Navof, 84), Mahmud Almardiy, Alban Meha, Lukash Gikiyevich.

Mavzuga oid