Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada qimmatbaho mashinalar egalari tekshirilmoqda
Bolgariya bosh prokurori 435 ta qimmatbaho mashina egalarini tekshirishga ko‘rsatma berdi. Bu mashinalar orasida, Bentley, Ferrari, Lamborghini, Mercedes-Maybach va Rolls-Royce modellari bor. France24’ning ma'lum qilishicha, ushbu mashinalar egalarining daromad manbalari hamda mashinalarni sotib olish uchun mablag‘ soliq bilan bog‘liq firibgarliklar yoki jinoiy daromadlarni yuvish natijasida olingan-yo‘qligi tekshiriladi.
Bosh prokuratura vakili Rumyana Arnaudovaning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, tekshiriluvchilar ro‘yxatiga 250 ming yevrodan qimmatroq kvartira xarid qilgan 245 kishi va narxi 400 ming yevrodan qimmatroq villaga ega 120 kishi ham kiritilgan. Tekshiruvlar natijalari 3 oy davomida ma'lum qilinadi.
Bolgariya Yevropa Ittifoqiga 2007 yilda kirgan, biroq hanuzgacha ittifoqning eng nochor davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu yerda o‘rtacha maosh 500 yevrodan oshmaydi.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
10:08 / 01.01.2025