Fan-texnika | 09:37 / 31.01.2018
6673
2 daqiqa o‘qiladi

Renault, Nissan va Mitsubishi alyansi dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylandi

Foto: carsession.com

2017 yil yakunlari bo‘yicha Renault-Nissan alyansi dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Kompaniya Mitsubishi Motors’ni xarid qilganidan so‘ng savdolarini 10,61 million donaga qadar yetkazdi va Volkswagen konsernidan o‘zib ketdi. Bu haqda Automotive News xabar bermoqda.

Nissan sotuvlari 5,82 million avtomobilni tashkil etgan bo‘lsa, Renault — 3,76 million. Mitsubishi kompaniyasi 1,03 million mashinani sotdi. Alyans uchun 14 million dona avtomobilni sotish bo‘yicha ko‘rsatkichga erishish keyingi bosqichga aylanadi. Kompaniyadan umid qilishlaricha, ishlab chiqarish ko‘lamida iqtisod qilish, unifikatsiyalangan platformalardan foydalanish tufayli 2022 yilga kelib xarajatlarni ikki barobarga – o‘n milliard yevroga qadar qisqartirish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, Volkswagen Group 2017 yil yakunlari bo‘yicha eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylanishi mumkinligi xabar berilgandi – nemis konserni tarkibiga kiruvchi markalarning umumiy savdo hajmi 10,7 million mashinaga yetishi kerak edi. Biroq Automotive News ma'lumotlariga ko‘ra, VW natijasi 10,53 million mashinani tashkil qildi. Uchinchi o‘rinda Toyota – 10,2 million avtomobil.

Mavzuga oid