Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozonni buzuvchi moddalarni import yoki eksport qilishga ruxsatnomani qaysi tashkilot beradi?
Vazirlar Mahkamasining 9.01.2018 yildagi «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 17-son qarori qabul qilindi.
Qaror 13.04.2018 yildan kuchga kiradi. Ushbu sanadan boshlab hozir amalda bo‘lgan, ushbu sohani tartibga soladigan Vazirlar Mahkamasining 11.11.2005 yildagi 247-son qarori o‘z kuchini yo‘qotadi.
Norma.uz’ning yozishicha, hujjat bilan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlar (bundan keyin – OM) turlarining yangilangan ro‘yxatlari tasdiqlangan:
1 - import va eksport qilish ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan mahsulotlar.
Amaldagi tahriri bilan solishtirganda undan, masalan, quyidagilar chiqarib tashlangan:
• aerozolli mahsulotlar: parfyumeriya, kosmetika va pardoz vositalari (TIF TN 33 guruhi), suvda eruvchi pigmentlar va bo‘yoq moddalarda tayyorlangan bo‘yoqlar va loklar (TIF TN 32 guruhi), maishiy moddalar (TIF TN 34 guruhi) va b.;
• izolyatsiyalovchi shchitlar, panellar va quvurlarning qoplamalari.
Ya'ni ushbu tovarlarni import/eksport qilish uchun ruxsatnomalar olish talab etilmaydi.
Shu bilan birga ro‘yxatga import-eksport qilish uchun ruxsatnoma bo‘lishi zarur ayrim tovarlar kiritildi. Ular orasida, masalan:
• oziq-ovqat tovarlari va ichimliklarni sotish uchun sovitish qurilmalari o‘rnatilgan savdo avtomatlari;
• boshqa kimyoviy mahsulotlarning TIF TN 38 guruhidagi aralashmalar.
2 – O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan.
Qaror jismoniy shaxslar tomonidan tarkibida OM bo‘lgan mahsulotlar o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish, notijorat maqsadlarida olib o‘tilgan va tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallanmagan holatlarga tatbiq etilmaydi.
OMni import/eksport qilishga ruxsatnoma olish
Qaror bilan Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga import qilishga va O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlangan.
OMni import va eksport qilish Ekologiya davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Nizomda ko‘rsatilgan sxemaga muvofiq beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston orqali OMni tranzit tashishda ruxsatnoma olish kerak emas.
Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Ekologiya davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasiga tegishli arizani taqdim etadi. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning amaldagi ro‘yxatiga quyidagilar qo‘shilgan:
• ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi haqidagi bank hujjati (buyurtmanoma berilgan kundagi EKIHning 1 baravari);
• import qilinayotgan OM tarkibi, shuningdek Ekologiya davlat qo‘mitasining talabiga ko‘ra eksport amalga oshirilayotgan mamlakat tomonidan berilgan litsenziya nusxasi.
O‘z navbatida, OMning muvofiqlik sertifikatini taqdim etish boshqa talab etilmaydi.
Ma'lumot uchun: 1.07.2018 yildan boshlab ruxsatnomani Prezidentning Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari (qayta tashkil etilgan «bir darcha» yagona markazlari) yoxud YaIDXP orqali ham rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati – joriy yil doirasida
Arizani ko‘rib chiqish va ruxsatnoma berish muddati – hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 7 ish kunidan ko‘p emas. Zarurat tug‘ilganda ushbu muddat hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 20 ish kunidan ko‘pni tashkil etishi mumkin emas (hujjatda muddatni uzaytirishning aniq holatlari ko‘rsatilmagan).
Ruxsatnoma OMni import yoki eksport qilish uchun zarur bo‘lgan, biroq har o‘tayotgan yilning 31 dekabridan oshmaydigan muddatga beriladi. Ayni paytda ruxsatnomaning eng ko‘p amal qilish muddati 1 yildan oshmasligi kerak.
Bunda ruxsatnomaning amal qilish muddati arizaga binoan uzaytirilishi mumkin, uni ariza beruvchi ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguncha taqdim etadi, biroq uning muddati har kelasi yilning 31 dekabridan oshmasligi lozim.
Import qilinadigan OMni kvotalash
Nizom bilan OMni mamlakatimizga import qilish uchun kvotalarni ariza beruvchilar o‘rtasida taqsimlash tartibi belgilangan. U keyingi 3 yillik davrda import qilishga ruxsat berilgan OMning umumiy hajmi ulushiga asoslangan. Shuningdek 2018-2030 yillarda OMni import qilishga yangi kvotalar (tonnada) taqdim etilgan.
Bunda quyidagilar kvotalanmaydi:
• boshqa kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalaniladigan moddalar;
• import qilinadigan qayta aylanadigan, tiklangan, ruxsatnomalar beriladigan OM.
Hujjat 12.01.2018 yilda e'lon qilindi va 13.04.2018 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi
10:24 / 22.04.2025