Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagonga shaxsiy mobil telefonlarni olib kirish taqiqlanadi
AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Jyeyms Mettis Pentagon binosiga shaxsiy mobil telefonlarni olib kirishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN manbalarga tayangan holda xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, ayni damda soni taxminan 23 ming kishiga teng bo‘lgan Amerika mudofaa mahkamasi xodimlari kirish chog‘ida aloqa vositalari va boshqa elektron qurilmalarni topshirishga majburlar.
Shu bilan birga, mahkama bu qoida buzilganini bir necha marta qayd etgan. Ba'zi xodimlar mobil qurilmalarni olib kirishning uddasidan chiqishgan.
Shu sababdan AQSh Mudofaa vazirligi maxsus tadqiqot tashabbusi bilan chiqdi, u binodagi maxfiylikda kamchiliklarni aniqlab berishi lozim bo‘ladi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Mettis hozircha yakuniy qarorni qabul qilmagan, masala ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025