Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chak Norris CBS va Sony Pictures Television’dan 30 mln dollar talab qildi
Foto: IMDB
Aktyor Chak Norris o‘zi bosh rolni ijro etgan «Qat'iy Uoker» seriali bilan bog‘liq vaziyat tufayli sudga murojaat qildi, u 30 mln dollar to‘lab berilishini talab etmoqda. Bu haqda Deadline xabar berdi.
Chak Norris CBS va Sony Pictures Television kompaniyasini sudga berdi. Artist ularni shartnomani buzishda ayblamoqda, unga ko‘ra kompaniyalar mashhur shouni ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lardan ma'lum foizlarni to‘lab borishi lozim bo‘lgan.
Norrisning nomidan uning Top Kick Productions kompaniyasi Los-Anjyelesdagi Oliy sudga da'vo arizasi bilan murojaat qildi.
«Qat'iy Uoker» CBS kanaladi 1993 yildan 2001 yilga qadar namoyish etilgan. Sakkizta mavsum suratga olingan. Serial 100 dan ortiq davlatda ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 14.04.2025
Tramp Grenlandiya va Zelenskiy tufayli CBS nashridan darg‘azab bo‘ldi
19:56 / 27.09.2017
Video: Chak Norrisning yagona haqiqiy jangi. Kim g‘olib bo‘lganini topa olasizmi?
14:07 / 31.05.2017
Chak Norris Fiat elchisi bo‘ldi
22:41 / 14.03.2017