Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoga tegishli bo‘lgan zavod Rossiya mulkiga o‘tkazildi
Ordjonikidze nomidagi Sevastopol dengiz zavodi Rossiya federal mulkiga o‘tdi. Bu haqda RIA «Novosti» RF hukumati farmoyishiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Qrim federal okrugi tashkilotlari yuklamasini oshirish hamda rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish maqsadida, imzolangan farmoyish bilan «Sergo Ordjonikidze nomidagi Sevastopol dengiz zavodi» DUKni Sevastopol shahri mulkidan federal mulkka o‘tkazish haqidagi qaror tasdiqlandi. U Rossiya Sanoat va savdo vazirligiga tegishli bo‘ladi», - deyiladi xabarda.
Avval ushbu zavod Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli bo‘lgan. 2015 yilda korxona Rossiya hukumati tomonidan Sevastopol foydasiga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025