Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov Qo‘qonda, OChLda “Nasaf”ning safardagi o‘yinlariga qo‘qonlik 10 muxlis O‘FA hisobidan yuboriladi
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun viloyatdagi olimpiya sport turlari va futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Andijonga tashrif buyurgani haqida avval xabar berilgandi.
Kunning ikkinchi yarmida Umid Ahmadjonov Qo‘qonga tashrif buyurib, “Qo‘qon-1912” klubiga qarashli “Markaziy” stadionda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
O‘FA 1-vitse-prezidenti Superliganing yangi mavsumi boshlangunga qadar stadiondagi qayta ta'mirlash ishlarini tezroq yakuniga yetkazish kerakligini ta'kidlab, bu borada tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Shuningdek, Umid Ahmadjonov stadionda “Qo‘qon-1912” klubi muxlislar jamoasi bilan ham uchrashdi. Qo‘qonlik muxlislarning yangi mavsumga o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qay darajada tayyorgarlik ko‘rishayotgani bilan qiziqdi. OChLdan o‘rin olgan “Nasaf” ishtirokidagi safardagi o‘yinlarga qo‘qonlik eng faol 10 nafar muxlisni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hisobidan yuborilishini aytib o‘tdi. O‘z o‘rnida qo‘qonlik futbol ishqibozlari buning uchun Umid Ahmadjonovga katta minnatdorchilik bildirib o‘tishdi.
Mavzuga oid
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:36 / 15.03.2025