Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda 8 ta shahar, 30 shahar posyolkasining bosh rejalari ishlab chiqiladi
2018–2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta'minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda ta'kidlanishicha, shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan ta'minlanmaganligi ularda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda to‘sqinlik qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.
23 ta shahar va 994 ta shahar posyolkalarini bosh rejalar bilan ta'minlash talab etiladi.
Qaror bilan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, loyiha tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash shaharsozlik sohasi mutaxassislari tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirish maqsadida bir qator tadbirlar belgilandi.
Xususan, 2018 yilning o‘zida 8 ta shahar, 30 shahar posyolkasining bosh rejalari ishlab chiqiladi.
Qurilishda marketing, qurilishda menejment kabi ta'limning yangi talab etilgan yo‘nalishlari ochiladi. Tarmoq mutaxassislarining malakasini oshirish uchun tizimli asosda har yili yetakchi xorijiy oliy ta'lim va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025