Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda “Ezgulik patruli” ish boshladi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Patrul-post xizmati bataloni tarkibida “Ezgulik patruli” guruhi tashkil etilib, Samarqand viloyatining madaniy meros obektlari, muqaddas qadamjolari, shuningdek fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarida xizmat olib borishi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur uslubning avvalgisidan asosiy farqi shundaki, “Ezgulik patruli”- guruhi tarkibini erkak xodim bilan ayol xodima tashkil etib, bunda, ayollar fuqarolar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish va o‘zaro munosabatlarni tartibga solish sifatlari ham e'tiborga olindi.
“Ezgulik patruli”ning asosiy vazifalari sifatida xizmat olib borishi belgilangan obektlarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash, jabrlangan, noqulay ahvolga tushib qolgan va yordamga muhtoj fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa zaruriy yordam ko‘rsatish, belgilangan yo‘nalishda huquq-tartibotni piyoda patrullik qilish yo‘li bilan ta'minlash kabilar belgilangan.
Qayd etish joizki, belgilangan yo‘nalishda xizmat olib borayotgan xodimlarning yonida o‘zlariga biriktirilgan zaruriy ekipirovka bilan bir qatorda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo‘lgan dori vositalariga ega dori qutichasi (aptechka) mavjud bo‘ladi.
“Ezgulik patruli”da xizmat olib borayotgan xodimlar ingliz va rus tillarida erkin so‘zlasha oladigan, tashqi ko‘rinishi ko‘rkam va istarali, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega, jismoniy va ruhiy tayyorgarligi yuqori xodimlar bo‘lib, muomala madaniyati yuqori darajada shakllanganligi bilan farqlanadi.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025