Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki turizm bo‘yicha yangi dastur asosida fuqarolarning turistik turlari qanday qoplanadi?
O‘zbekiston respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Hujjat bilan belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dasturi doirasidagi turistik-ekskursion turlarining to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlar teng barobar asosda quyidagilar hisobidan qoplanadi:
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining o‘z mablag‘laridan – ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun;
O‘z mablag‘lari, Ish beruvchilarning o‘z mablag‘lari (byudjyet tashkilotlari qismida – tashkilotlarning byudjyetdan tashqari mablag‘lari) va kollektiv shartnomalar bo‘yicha boshqa mablag‘larga muvofiq – tashkilotlar xodimlari uchun;
Xayriya mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining har yillik parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar – yetim bolalar, kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularning umumiy sonidan kamida 20 foizlik qamrab olish bilan;
O‘z mablag‘lari, «Nuroniy» O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamg‘armasining o‘z mablag‘lari va xayriya mablag‘laridan – pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun;
O‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va xayriya mablag‘laridan – faol ayollar uchun;
O‘z mablag‘lari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi mablag‘laridan – mahalla faollari va yosh oilalar uchun.
Belgilanishicha, Dasturda qatnashish ixtiyoriy ravishda.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
14:02 / 16.11.2024