Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lotereyani majburlab sotish qat'iyan man qilinadi
Bugungi kunda «Xalq banki» tomonidan bir necha turdagi lotereyalari tashkil etilib, o‘tkazib kelinmoqda.
Shu bilan birgalikda, ayrim holatlarda mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish jarayonida pensiya va nafaqalarga lotereya biletlari qo‘shib berilishi holatlari uchrashi qayd etilgan. Bu haqda bankning Adliya vazirligiga yo‘llagan javob xatida bayon qilingan.
«Ta'kidlash joizki, lotereya biletlarini ish haqlari, pensiya va nafaqalar, boshqa birinchi darajali to‘lovlarga qo‘shib sotish qat'iyan taqiqlangan. Bu bo‘yicha quyi filiallarga «Xalq banki» boshqaruvining alohida ko‘rsatmasi berilgan», deyiladi xatda.
Ma'lum qilinishicha, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va shikoyatlarda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan filial rahbarlari va mas'ul xodimlariga nisbatan mehnat qonunchiligi talablari doirasida intizomiy choralar ko‘rilgan.
Jumladan, o‘tgan yilda mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatilishida amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga rioya etmagan va ishda (jumladan, lotereyalar bilan ishlashda) qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bank filiallarining 222 nafar rahbar xodimiga Mehnat kodeksining hayfsan va o‘rtacha ish haqiga nisbatan jarima qo‘llash tarzidagi intizomiy chora ko‘rilgan, 91 nafar rahbar va bosh buxgalter esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bank rahbariyati tomonidan fuqarolarga lotereyalarning sotilishini qat'iy ravishda ixtiyoriylik prinsipiga rioya qilgan holda amalga oshirish va fuqarolarning asosli e'tirozlari kelib chiqishining oldini olish choralari ko‘rib boriladi va jarayon doimiy nazoratga olinadi.
Mavzuga oid
14:00 / 20.04.2025
Xalq bankida “Lider ayollar” dasturi doirasida xalqaro seminar-treninglar o‘tkazildi
20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi
11:55 / 14.12.2024
Xalq banki korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha natijalarni e’lon qildi
15:18 / 24.11.2024