«Eronga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz» - Bahodir Ahmedov
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Vetnamga qarshi (3:1) Osiyo chempionati chorakfinal o‘yinidan keyin, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Turkmanistonda o‘tkazilgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida ham Vetnamni ikkita to‘p farqi (2:0) bilan mag‘lub etganmiz. Ammo bugungi o‘yin oldidan barchasini unutib, raqibni tahlil qildik va shunga yarasha tayyorlandik. Bugungi g‘alabadan mamnunman.
Vetnam yomon o‘yin ko‘rsatmadi, bizga yetarlicha muammolar tug‘dirdi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalandik, ular esa yo‘q. Shu sababli muvaffaqiyatga erishdik. Vetnam futzali ijobiy tomonga o‘zgarib, rivojlanmoqda.
Yarimfinalda Eron bilan to‘qnash kelamiz. Bellashuv oson kechmasligi aniq, ammo biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib, finalga yo‘l olishga harakat qilamiz», – dedi Bahodir Ahmedov.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024