Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaga ishga yuborishni va'da qilib, 4 ming dollar olgan shaxsni ushlash choralari ko‘rilmoqda
2017 yil 17 oktabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida noma'lum shaxs Yunusota mahallasida joylashgan avtobus bekatida 14-dahada yashovchi, vaqtincha ishlamaydigan, 1964 yilda tug‘ilgan R.M.ni Koreya davlatiga ishlashga yuborishni va'da qilib, uni ishonchiga kirib 4.050 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bektemir tumani Suvsoz dahasi 73-uyda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan D.K. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda ushlash choralari olib borilayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025