Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Rossiyalik sportchilar qishki Olimpiadada Rossiya bayrog‘isiz
9 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda rossiyalik sportchilar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rossiya bayrog‘i ostida chiqish qilishmadi.
Rossiyalik sportchilarning olimpiadada qatnashishga ruxsat berilgan qismi marosimda Olimpiya bayrog‘i ostida chiqish qilib, stadionni bir qur aylanishdi. Ularning ustida kulrang palto, boshida oq sharf va shapkalar bo‘ldi.
Rossiya termasi «Rossiyalik olimpiya sportchilari» nomi ostida turnirda qatnashadi. Bunday vaziyat 1992 ham kuzatilgan, o‘shanda sobiq SSSR vakillari «Birlashgan jamoalar» nomi bilan olimpiya bayrog‘i ostida chiqish qilgandi.
Bu safar Olimpiadada Rossiya madhiyasi yangramaydi, uning o‘rnida olimpiya musiqasi eshittiriladi.
Olimpiadada ishtirok etishga haqli deb topilgan rossiyalik sportchilar alohida komissiya tekshiruvidan o‘tdi. Ular shu vaqtga qadar doping bilan bog‘liq masala shubhasida ko‘rilmagan bo‘lishi kerak edi. Olimpiada oldidan bu sportchilar XOQ talabi bilan test topshirishgan.
Rossiya Olimpiya Qo‘mitasining XOQdagi a'zoligi vaqtincha to‘xtatilgan. Tashkilot Pyongchangdagi Olimpiadaning yopilish marosimi oldidangina a'zolikka qaytarilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:50 / 24.07.2024
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari mezbonlari tasdiqlandi
19:29 / 20.02.2022
Parvozlar, qulashlar va g‘alaba onlari. Olimpiadaning eng yorqin suratlari
22:16 / 04.02.2022
Lojadagi yolg‘iz Putin, ko‘zidan yosh chiqib ketgan askar va uch ming artist tomoshasi. Kun suratlari
11:59 / 31.01.2022