Fan-texnika | 08:58 / 10.02.2018
11560
2 daqiqa o‘qiladi

Hindlar Wrangler’ga o‘xshash yo‘ltanlamas ishlab chiqishdi 

Hindistonning DC Design kompaniyasi Dehlidagi Auto Expo 2018 motorshousida Wrangler’ga o‘xshash Mahindra Thar yo‘ltanlamasining Hammer modifikatsiyasini taqdim qilishdi. Avtomobil qattiq tom, o‘zgacha bamperlar va kengroq old o‘rindiqlar oldi. 

Foto: Motoroids

Yo‘ltanlamasning tashqi qiyofasidan tashqari saloni ham o‘zgartirilgan: charm bilan bezalgan yangi eshik panellari, mashina tomida yorug‘lik-diodli chiroqlar o‘rnatildi, markaziy konsol yangilandi va orqa o‘rindiqlar ajratilgan holda bajarildi.

Foto: Motoroids
Foto: Motoroids

Yo‘ltanlamas 2,5 litrli, 105 ot kuchiga ega dizel motor bilan jihozlanadi. Uzatmalar qutisi – 5 pog‘onali mexanik ko‘rinishda. 

Foto: Motoroids
Foto: Motoroids
Foto: Motoroids

Auto Expo 2018 ko‘rgazmasida DC Design’ning yana bir yangi modeli – o‘rta motorli TCA sportkari taqdim qilindi. Mashina nomi “titan, karbon va alyuminiy” so‘zlarining bosh harfidan tuzilgan. Avtomobil 3,8 litrli, 320 ot kuchiga ega dvigatel va 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Mashina 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erisha oladi.

DC Design’ning ilk mashinasi 2012 yilda chiqarilgan. Bu 265 ot kuchiga ega Ford turbomotori bilan jihozlangan Avanti sportkari bo‘lgan. Keyinroq mashinaning 310 ot kuchiga ega dvigatelli versiyasi chiqarilgan.